Musulmonlar
Қуръон ўқишни билмаганлар қиёматда Қуръондан жавобгарликка тортилмайдими?

Қуръон ўқишни билмаганлар қиёматда Қуръондан жавобгарликка тортилмайдими?

Savol: Qiyomatda insonlar: Biz Qur’ondan bexabar edik, biz Kitobing haqida bilmas edik, deb baxona qilishlari mumkinmi?

Javob : Yo’q, buni aslo ilojisi yo’q. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَهَذَا كِتَابٌ أَنزَلْنَاهُ مُبَارَكٌ فَاتَّبِعُوهُ وَاتَّقُواْ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ. أَن تَقُولُواْ إِنَّمَا أُنزِلَ الْكِتَابُ عَلَى طَآئِفَتَيْنِ مِن قَبْلِنَا وَإِن كُنَّا عَن دِرَاسَتِهِمْ لَغَافِلِين. أَوْ تَقُولُواْ لَوْ أَنَّا أُنزِلَ عَلَيْنَا الْكِتَابُ لَكُنَّا أَهْدَى مِنْهُمْ فَقَدْ جَاءكُم بَيِّنَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن كَذَّبَ بِآيَاتِ اللّهِ وَصَدَفَ عَنْهَا سَنَجْزِي الَّذِينَ يَصْدِفُونَ عَنْ آيَاتِنَا سُوءَ الْعَذَابِ بِمَا كَانُواْ يَصْدِفُونَ

“Mana bu Biz nozil qilgan muborak Qur’ondir! Bas, unga ergashinglar va mas’uliyatli bo’lib o’zingizni himoya qilinglar! Shoyad sizlarga yaxshilik qilinsa. “Bizdan avvalgi ikki toifaga kitob yuborilgan, biz esa ularning darslarini o‘rganishdan be xabar bo’lganmiz”, demaslaringiz uchun, yoki: “Agar bizga kitob yuborilganida edi, aniq ulardan to‘g‘riroq yo‘lda bo‘lar edik”, demaslaringiz uchundir. Endi sizlarga Robbingizdan ochiq-oydin ko’rsatma, to’g’ri yo’l va yaxshilik keldi. Bas, Allohning oyatlarini yolg‘onlagan va ulardan yuz o‘girgan kishidan ham haqsizroq kim bor?! Yaqinda oyatlarimizdan yuz o‘girgan kishilarni yuz o‘girganlari sababli yomon azob bilan jazolagaymiz.” (An’om 6/155-157)

Allohning kitobidan sizni uzoqlashtirmoqchi bo’layotganlar, inson yoki jin toifasidagi shaytonlardir. Ular, qiyomatda sizga zarracha ham yordam bera olmaydi. So’ngi pushaymondan boshqa narsa sizni hamrohiz bo’lmaydi.

Телеграм каналимиз: